Menu Close

Markaz haqida

Oyoqlarni saqlab qolish markazi (OSQM) – O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahrida ilk marotaba ochilgan, asosan qandli diabetda oyog‘ida kesilish xavfi bilan kechayotgan yara, nekroz yoki qorason (pregangrena, gangrena) bo‘lgan kasallarga maxsus tibbiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan xususiy jarrohlik markazi hisoblanadi. Bunday markazlar Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg va Groznыy shaharlarida tashkil etilgan. OSQM bu markazlar bilan ham o‘z ishini muvofiqlashtirib turadi.

Markaz «HAPPY LIFE» xususiy klinikasi tarkibida tashkil etilgan bo‘lib, o‘z ichiga jarrorohlik infektsiyasi bo‘yicha jarroh, endokrinolog, tomir jarrohi, kardiolog, interventsion jarroh, anesteziolog, podiatristlarning bir jamoa bo‘lib ishlashiga asoslangan. Klinika eng oxirgi rusumdagi barcha kerakli jihozlar va asbob-uskunalar bilan ta’minlangan.

Shifokor haqida

Safarov Xayriddin Chorievich 1976 yil Buxoro shahrida tug‘ilgan. 1998 yil Altay Davlat Tibbiyot Universitetining “davolash ishi” fakulьtetini a’lo baholarga tugatdi. 2000 yil Buxoro Davlat Tibbiyot Institutining jarrohlik mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinaturasini bitirdi. 2001 yildan 2002 yilgacha Rossiya Federatsiyasi Biysk shahri tibbiyot birlashmasida jarroh, 2002 yildan 2004 yilgacha Rossiya Federatsiyasi, Yakutiya Respublikasi Jigansk tibbiyot birlashmasining jarrohlik bo‘limida bo‘lim mudiri sifatida faoliyat olib borgan.

Qandli diabet va uning asoratlari

Organizm qondagi qand miqdorini me’yorida ushlab turolmaydigan holat yuzaga kelganda qandli diabet kasalligi kelib chiqadi.

Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda, hozirgi kunda dunyoda 420 milliondan ortiq odam qandli diabet kasalligiga chalingan. Bu esa 40 yil oldingi ko‘rsatkichlardan 25% ga ko‘p.

Qandli diabet bu surunkali kasallik bo‘lib, undan to‘la qutulib olishning imkoniyati yo‘q. Shunga qaramasdan hozirgi zamonda qondagi qandning miqdorini to‘laqonli nazorat qilish yo‘llari ishlab chiqilgan. Bu esa qandli diabetga chalingan bemorlarning boshqa sog‘lom odamlardan ajralib qolmasdan uzoq va baxtli umr ko‘rishlarini ta’minlaydi. Bunda inson o‘zining turmush tarzini va ayrim odatlarini o‘zgartirgan holda to‘xtatib qolishga erishishi mumkin.

Qardli diabet kasalligi bir necha xilga bo‘linadi. Bulardan eng ko‘p uchraydigan xili bu qandli diabetning 2-turi hisoblanadi. Qandli diabetning bu turida qondagi qandni organizm hujayralari tomonidan oziqa sifatida qabul qilishiga javobgar insulin gormoni ishlab chiqarish yo kamayadi yoki (xamda) ayrim sabablar uning to‘laqonli shilashiga xalaqit beradi. Bu o‘zgarishlar odatda o‘rta va keksa yoshdagi insonlarda uchraydi.

Agar inson kamharakat turmush tarzini olib borsa, semizlikka duchor bo‘lsa, noto‘g‘ri ovqatlansa (ko‘p va yuqori kaloriyali), qon bosimi baland bo‘lsa, bu kasallik erta boshlanish ehtimoli ko‘payadi.

Kasallikning kelib chiqishida irsiyatning ham katta o‘rni bor.

Barcha sog‘lom odamlarning qon tarkibida energiyaning asosiy manbai sifatida qand(glyukoza) ma’lum miqdorda mavjud. Qonga qand ikki yo‘l bilan tushadi:

O‘zida uglevodlar saqlagan oziq-ovqat mahsulotlari bilan.
Jigardagi glyukoza(glikogen) zahiralaridan.

Energiya manbai sifatida qand mushak xujayrasi ichiga (ish bajarish maqsadida), yog‘ va jigar to‘qimasiga (zahira maqsadida) kiradi. Oshqozon osti bezi ishlab chiqaradigan insulin gormoni yordamida qand (glyukoza) hujayralar ichiga kiradi.

Odam ovqatlangandan keyin qondagi qand miqdori ko‘tariladi. Lekin oshqozon osti bezi shu zaxotiyoq insulin ishlab chiqarib, uni qonga tarqatadi va bu insulin barcha hujayralarning darvozasini glyukoza uchun ochib beradi. Glyukoza hujayralar ichiga kirgandan keyin kondagi kand miqdori me’yoriga qaytadi. Ovqatlanish oralig‘ida va uyqu paytida qondagi qand miqdori jigardagi zahiradan to‘ldirilib turiladi. Bu jarayonni ham insulin nazorat qiladi.

2-tur qandli diabetda oshqozon osti bezi insulin ishlab chiqaradi.

Lekin:

Insulin kerakli vaqtda va kerakli miqdorda ishlab chiqarilmaydi va vaqt o‘tishi bilan insulin ishlab chiqarish kamayib boradi.
Normada, aytaylik, 1 ta hujayra “darvozasi”ni glyukozaga ochish uchun 1 insulin molekulasi kerak bo‘lsa, 2-tur qandli diabetda bir nechta insulin molekulasi kerak bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, organizmning insulinga bo‘lgan chidamliligi oshadi.

Qandli diabet tashhisini qo‘yish uchun qondagi qand miqdorini laborator usulda o‘lchash kerak bo‘ladi.

Qandli diabet doimiy holsizlik, tez-tez chanqash, sababsiz ozib ketish, ochlik hissiyoti, tez-tez va ko‘p hajmda peshob kelishi, yaralarning uzoq bitmasligi, oyoqlarda sezishning pasayishi va og‘riqlar, ko‘rish qobiliyatining pasayishi bilan namoyon bo‘ladi.

Qandli diabet boshlanishida uzoq muddat davomida bemorga bilinmaydi. Ko‘p hollarda kasallik alomatlari ro‘yobga chiqqanida tashhis qo‘yiladi. Kech tashhis qo‘yilishi va davolashning kech boshlanishi esa kasallikning og‘ir va asoratlar bilan kechishiga sabab bo‘ladi.

Qandli diabet asoratlarini erta va kech uchraydigan turlarga bo‘lish mumkin. Erta uchraydigan asoratlar qonda qand miqdorining keskin pasayib yoki ko‘tarilib ketishi bilan bog‘liq. Bularga gipo- va giperglikemiya, diabetik ketoatsidoz va boshqalar kiradi.

Qandli diabetning kech asoratlariga organizmning ko‘plab organ va tizimlariga ta’sir kilishidan kelib chiqadi. Bunda asosan bosh miya, ko‘z, yurak va qon tomir sistemasi, buyraklar, asab tolalari, oyoqlar va boshka ichki azolar zararlanadi.

Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda uzoq muddat qand miqdorining baland turishi natijasida ko‘z kasalligi (diabetik retinopatiya) vujudga keladi. Bu ko‘rish qobiliyatining pasayishiga va hattoki uning yo‘qolishiga ham olib kelishi mumkin. Qandli diabetning ko‘zga ta’siri ko‘rish qobiliyatining pasayishidan ancha oldin boshlanadi. Shuning uchun qandli diabet bilan og‘rigan kasallar doimiy ravishda ko‘z shifokori nazoratida bo‘lishlari kerak.

Qon-tomir asoratlari qandli diabetda nogironlikning va o‘limning asosiy sababchisi bo‘lib hisoblanadi. Bularga stenokardiya (ko‘krak sohasidagi sanchiqlar va og‘riqlar), insulьt, oyoqlardagi tomir kasalliklari (oyoqlarga qon borishi yomonlashganda kelib chiqadigan yiringli yaralar va qorason), o‘pka va boshqa tuqimalarda suv yig‘ilishi bilan kechadigan surunkali yurak etishmovchiligi va boshqalar. Bu asoratlarni qon bosimining balandligi, qondagi xolesterin va qand miqdorining yuqoriligi og‘irlashtiradi.

Qandli diabet buyrak surunkali kasalliklari sababchilari orasida etakchi o‘rinni egallaydi. Buyrak ishining pasayib ketishi va hattoki to‘xtab qolishiga sabab bo‘ladigan buyrakning eng nozik qon tomirlarining jarohati bilan bog‘liq.

Asab tolalarining qandli diabetda jarohatlanishi (diabetik neyropatiya) bu ham qondagi kand miqdorining uzoq muddat baland saqlanishi bilan bog‘liq. Eng ko‘p hollarda periferik neyropatiya oyoqlarda uchraydi. Bunday holat oyoqlarda sezuvchanlikning pasayishi, sanchiqlar va og‘riqlar bilan kechadi. Sezuvchanlikning pasayishi oqibatida bemor oyog‘ida ortirib olgan yara-chaqalarni sezmasligi mumkin. Bu jarohatlarga ikkilamchi infektsiya qo‘nishi natijasida chuqur yaralarga va hattoki amputatsiyaga sabab buladigan qorason kasalligiga olib kelishi mumkin. Oyoqda uchraydigan bu asoratlar “diabetik tovon”, “ diabetik to‘piq” yoki “diabetik oyoq” nomlari bilan yuritiladi.

Bundan tashqari qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar oyoq qon tomirlarining bekilib, qon aylanishining buzilishidan aziyat chekadilar. Qon aylanishining buzilishi yaralarning og‘ir kechishida, amputatsiyalar ko‘payishida yana bir asosiy omil bo‘lib qo‘shiladi. Agar bemor oyoqlarini o‘z vaqtida tekshirib tursa, qondagi qand miqdorini bir me’yorda saqlab tursa, bunday xavfning oldi olinadi.

Qandli diabet bilan og‘rigan ayollarda homiladorlik paytida doimiy shifokor nazoratida bo‘lishni talab qiladi. Erkaklarda erektil funktsiyaning buzilishiga, ovqat hazm kilishning buzilishiga (diabetik enteropatiya) va siydikni chiqarishdagi muammolarga olib kelishi mumkin

“Diabetik tovon” sindromi

  Xalqimiz orasida qandli diabet kasalligi to‘g‘risida ko‘pchilik ma’lum miqdorda ma’lumotga ega. Afsuski uning aksariyat holatlarda bemorning hayot sifatining pasayishiga, nogironlikka sabab bo‘luvchi asoratlari hakida etarli bilimga ega emas. Qandli diabet xastaligining asoratlaridan biri bu – “diabetik tovon”(“diabetik to‘piq”, “diabetik oyoq”) sindromi.

диабетик товон, диабетик тўпиқ, диабетик оёқ, қорасон, йиринг, гангрена, оёқ панжа

Bu asorat qandli diabet bilan og‘rigan kasallarning 16-18%da uchraydi.

Qandli diabetda “diabetik tovon” so‘zi bilan umumlashtirib qandli diabetda bemor oyog‘ida uchraydigan barcha o‘zgarishlar(oyoqlarning ozib ketishi, oyoqlardagi tirnoq va junlarning zararlanishi, sovuq qotish, sanchiqlar, uvishish, quvvatsizlik, sezuvchanlikning pasayib borishi(og‘riq sezmaydi), tovon yoriqlarining paydo bo‘lishi, uzoq bitmaydigan  yiringli yaralar hosil bo‘lishi, yaradan sel oqishi, nekroz va ko‘pchilik holatlarda amputatsiyaga sabab bo‘luvchi qorason kasalligi) tushuniladi. Bunday o‘zgarishlar ko‘pchilik holatlarda oyoq barmoqlaridan, ayniqsa birinchi barmoqdan va jimjiloqdan, tirnoqlar yonidan, oyoqning tovon sohasidan boshlanadi. Bu o‘zgarishlar atrofida yallig‘lanish belgilarini ya’ni shish, qizarish, og‘riq, maxalliy haroratning ko‘tarilishini va boshqalarni ko‘rish mumkin.

Bu o‘zgarishlar asosida uzoq muddat davomida qondagi qand miqdorining me’yoridan baland turishi oqibatida kelib chiqadigan diabetik neyropatiya (oyoqdagi asab tolalarining zaralanishi), mikro- va makroangiopatiya (kichik va katta qon tomirlarning zararlanishi) yotadi.

диабетик товон, диабетик тўпиқ, диабетик оёқ, қорасон, йиринг, гангрена, оёқ панжа

Diabetik neyropatiya bu – qandli diabetda  asab tolalari qobig‘ining emirilishi (demielinizatsiya), oziqlanishining buzilishi (atrofiya) va strukturasining parchalanishi(degeneratsiya)dir. Bu guruh kasallarda diabetik neyropatiya boshlanishida oyoqlarda og‘riq va harorat sezuvchanligining pasayishi bilan, kechki uyqu bermaydigan sanchiqlar va tirishishlar bilan namoyon buladi. Diabetik polineyropatiya oqibatida oyoq shaklining o‘zgarishlari (deformatsiya), tana og‘irligining qayta noto‘g‘ri taqsimlanishi natijasida tovon ostki yuzasida qadoqlarning hosil bo‘lishi, bu esa o‘z navbatida bosim yaralarining hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu yaralar infektsiya tushishi oqibatida yiringlab ketadi (madda oqishi).

диабетик товон, диабетик тўпиқ, диабетик оёқ, қорасон, йиринг, гангрена, оёқ панжа

Boshqa guruh kasallar oyoqlardagi qon tomirlarning bekilib (diabetik angiopatiya), qon aylanishining buzilishi bilan murojaat qilishadi. Bunday kasallarda 28% gacha amputatsiyalarga olib keluvchi, tuqimalar o‘lishi(nekroz) bilan kechadigan katta chirikli yaralar, yiring va qorason kuzatiladi. Bu kasallik barmoq uchidagi yoki tovondagi uzoq bitmaydigan akral quruq nekroz bilan boshlanadi. Neyropatik yaradan farqli o‘laroq bu yaralar og‘riqli bo‘ladi. Infektsiya qo‘shilishi yiringli jarayonning og‘irlashishiga ya’ni flegmonalarga, yiringli-nekrotik yaralarga va hattoki qorasonga(gangrena) olib kelishi mumkin. Qorason kasalligi esa o‘z vaqtida tor mutaxassis tomonidan, zamonaviy asbob-uskunalar yordamida, sinchkovlik bilan sifatli davolanmasa  amputatsiyaga olib kelishi mumkin. Xalqaro ko‘rsatkichlarga muvofiq amputatsiyalarning 70-75% qandli diabet kasalligiga to‘g‘ri keladi.

Katta hajmdagi yiringli yaralarning xavfli tomoni shundaki, bu yaralardan odam tanasiga yiringli jarayonning zaxarli moddalari surunkali ravishda tushib buyrak, yurak, o‘pka, bosh miya va boshqa ichki a’zolarni zaxarlaydi. Bu esa kasalning holsizligi, quvvatsizligi, yurak urishi tezlashishi, hansirashi, siydik miqdorining kamayishi, ishtaxasi bug‘ilishi, tana haroratining ko‘tarilishi, asabiylashishi bilan namoyon bo‘ladi. Maxalliy tovon terisi sovuq, oqargan va ayrim hollarda ko‘kimtir rangda bo‘ladi. Tovonda, taqim ostida va hattoki sonda tomir urishi pasaygan yoki umuman aniqlanmasligi mumkin. Buni ulьtratovush doplerografiyasi, oyoq qon tomirlari kompyuter tomografiyasi aniq ko‘rsatib beradi. Agar magistral qon tomir yopilganini aniqlansa kasalda qon-tomir jarrohi tomonidan  ma’lum guruh muolajalar(operatsiya) yordamida bu qon tomir ochiladi

MUVAFFAQIYATLI DAVOLASH NEGIZLARI

Qandli diabetda oyoqlarda uchraydigan asoratlarni davolash taktikasini va algoritmini har bir kasal uchun alohida tuzish (individual yondashish) – muvaffaqiyatli davolash negizlaridan biridir. Bunda shifokor kasallik va uning asoratlari qay darajada chuqurlashganini, oyoqning qon-tomir sistemasini, mikrotsirkulyatsiyasini, asab tizimi holatini to‘liq baholab chiqishi kerak. Aksariyat holatlarda bemorda uchraydigan, qandli diabet bilan chambarchas bog‘liq bulgan yondosh kasalliklarni topish, baholash va ularga ham qandli diabet bilan muvofiqlashtirgan holda davolash taktikasini tanlash zarur bo‘ladi. Tez-tez uchrab turadigan bu kasalliklarga qon bosimining balandligi (arterial gipertenziya), yurak ishemik kasalliklari, yurak infarkti va insulьtdan keyingi holatlar, buyrak kasalliklari (surunkali buyrak etishmovchiligi), autoimmun kasalliklar misol bo‘la oladi.

Multidistsiplinar yondashuv – muvaffaqiyatli davolash negizlaridan yana biri. Bu nimani anglatadi?

Hozirgi davrga kelib tibbiyot rivojlanishi shu darajaga etganki, kasalliklar va ularning asoratlari, ularga tashxis qo‘yish va davolash usullari tug‘risidagi ma’lumotlar juda ham kengayib boryapti. Tibbiyot sohasining o‘zida dunyoda har 3 daqiqida 1 ta yangilik yaratiladi. Bunday katta informatsion oqimni bir yoki bir necha shifokor  o‘zlashtirib borishi aqlga sig‘maydi. Shuning uchun bizlar (yiringlar bo‘yicha mutaxassis jarroh, tomir jarrohi, interventsion jarroh, endokrinolog, kardiolog, podiatrist, nevropatolog va boshqalar) bir jamoa bo‘lib ishlaymiz. Kasallarimiz davolanish davomida doimiy kardiolog, endokrinolog, jarroh va boshqa mutaxassislar nazoratida bo‘lishadi. Kasallarimizga qondagi qand miqdorini me’yorlashtiradigan dorilar buyuriladi va zarurat tug‘ilganida uzgartiriladi (korrektsiya qilinadi), yurak va qon-tomir, oshqozon hazm-qilish, tinchlantiruvchi, og‘riq qoldiruvchi va boshqa dori vositalari konsilium orqali belgilanadi.  

Zamonaviy, o‘z isbotini topgan, shifokor va kasallar ishonchini qozongan, yuqori samarali, zararsiz, va nojo‘ya ta’sirlari minimal bo‘lgan dori vositalar yordamida  davolash – muvoffaqiyatli davolash negizlarining keyingisidir. Kasallarimiz davolanish jarayonida antibakterial (bir necha guruh), zamburuqqa qarshi, qonning qon tomir ichida oqishini yaxshilovchi, qon suyuqliligini oshiruvchi, uning suspenzion stabilligini oshiruvchi, tomir devorini mustahkamlovchi, antioksidant, antigipoksant, oyoq asab tolalaring butunligini tiklovchi, shish va yallig‘lanishga qarshi, “uyquda” bo‘lgan zahira kapillyarlarni “uyg‘atuvchi” kabi dori vositalarini qabul qilishadi. Bu dori vositalarini bemor tanasiga vena orqali yuborish oyoq uchun kam samarali bo‘lib hisoblanada. Bizning klinikamizda dorilar tug‘ridan-to‘g‘ri son arteriyasi orqali faqat bitta kasal oyoqqa yuboriladi. Bunda oyoqdagi dori kontsentratsiyasi tanadagiga nisbatan ancha baland bo‘ladi. Bu uzoq muddat (3-4 kun)ga son arteriyasiga o‘rnatilgan kateter (ingichka quvur) orqali kecha kunduz tinmasdan, shpritsli dozator apparati yordamida bajariladi (DVAKT). Bu usulda uch mingdan ortiq kasal davolanib, 15 yillik tajribaga ega bo‘lindi.

Бу узоқ муддат (3-4 кун)га сон артериясига ўрнатилган катетер (ингичка қувур) орқали кеча кундуз тинмасдан, шприцли дозатор аппарати ёрдамида бажарилади (ДВАКТ)

Jarrohlik muolajalari  miniinvaziv, organ va to‘qimalarni maksimal saqlab qoluvchi, zamonaviy, eng so‘nggi nusxadagi asbob-uskunalarda ko‘p yillik tajribaga ega mutaxasisslar tomonidan bajarilishi- muvaffaqiyatli davolash negizlaridan yana biridir.  Bizning markazimizda oyoqlarni saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan barcha murakkab operatsiyalar dunyo standartlariga mos ravishda bajariladi. Kerak bo‘lgan hollarda operatsiya ikki yoki uch etapda olib boriladi. Operatsiya paytida jarohatni ulьtratovush yordamida kavitatsiyalash, past quvvatli lazer nurlari yordamida nurlash yo‘lga qo‘yilgan.

жароҳатни ультратовуш ёрдамида кавитациялаш

Yaralarni vodorod peroksidi bilan yuvish, furatsillin suyuqligi bilan chayish, mazli boylamlar qo‘yish (levomekolь) kam samarali, ko‘p hollarda foydasiz va ayrim holatlarda esa zararli ekanligi o‘z isbotini topgan.

Bizning markazimizda yaralar “gauze suction” usulida qayta boylanadi. Yaralarni davolashda rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarilgan, yara bitishi uchun to‘qimalarga maksimal qulay muhit yaratadigan interaktiv poliakrilatli, gidrokolloidli, alginatli maxsus boylamlar, bakterial bioplyonkani erituvchi va keng ko‘lamli bakteriya o‘ldiruvchi (bakteriotsid) suyuqlik va gellar ishlatiladi.  

Yaralarni maxsus vakuum yordamida manfiy bosim bilan davolash samarali ekanligi butun dunyoda o‘z isbotini topgan va bizda keng qo‘llaniladi.

Kelajakda yiringli yaralarni tirik steril jarrohlik lichinkalari bilan davolashni (maggot therapy, larval therapy) planlashtirilyapti. Bu usul Amerika, Evropa, Malayziya, Eron davlatlarida keng tarqalgan.

0
Davolangan kasallar soni
0
Operatsiyalar soni
0
yillik tajriba

Bizning manzil

Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 19 kvartal, Dehqonobod ko‘chasi, 12a uy.