{"id":431,"date":"2019-11-02T18:04:33","date_gmt":"2019-11-02T13:04:33","guid":{"rendered":"http:\/\/www.safarov.uz\/?p=431"},"modified":"2019-11-02T18:05:00","modified_gmt":"2019-11-02T13:05:00","slug":"oyoqlarni-saqlab-qolish-markazi-ochildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/www.safarov.uz\/oz\/2019\/11\/02\/oyoqlarni-saqlab-qolish-markazi-ochildi\/","title":{"rendered":"Oyoqlarni saqlab qolish markazi ochildi"},"content":{"rendered":"<div class=\"main-img\">\n<p><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/storage.kun.uz\/source\/4\/zB57lWvbT5Kh8_hXc6gz916FKr-VUAT3.jpg\" \/><\/p>\n<div class=\"img-caption\">\n<p>Vatanimizda ilk marotaba qandli diabet kasalligida uchraydigan asoratlar (oyoq, barmoq sezuvchanligining buzilishi, yiring, qorason va boshqalar)ni davolashga mo\u2018ljallangan jarrohlik markazi Toshkentda, xususiy klinika tarkibida ochildi.<\/p>\n<p>Shifokorlar oyog\u2018ingizni kesish kerak deyishyaptimi \u2013 xulosa chiqarishga shoshilmang. Bu maqola bilan tanishib chiqqaningizdan keyin fikringiz o\u2018zgarishi mumkin.<\/p>\n<p>Xalqimiz orasida qandli diabet kasalligi to\u2018g\u2018risida ko\u2018pchilik ma\u2019lum miqdorda ma\u2019lumotga ega. Afsuski, uning aksariyat holatlarda bemorning hayot sifatining pasayishiga, nogironlikka sabab bo\u2018luvchi asoratlari haqida etarli bilimga ega emas.<\/p>\n<p>Qandli diabet\u00a0xastaligining asoratlaridan biri bu \u2013 \u00abdiabetik tovon\u00bb (\u00abdiabetik to\u2018piq\u00bb) sindromi. Bu asorat qandli diabet bilan og\u2018rigan kasallarning 16-18%da uchraydi. Bu so\u2018z bilan umumlashtirib, qandli diabetda bemor oyog\u2018ida uchraydigan barcha o\u2018zgarishlar (oyoqlarning ozib ketishi, oyoqlardagi barmoq, tirnoq va tuklarning zararlanishi, sovuq qotishi, sanchiqlar, uvishishlar, quvvatsizlik, sezuvchanlikning pasayib borishi, tovon yoriqlarining paydo bo\u2018lishi, shilingan, trofik va uzoq bitmaydigan yara hosil bo\u2018lishi, nekroz va ko\u2018pchilik holatlarda amputatsiyaga sabab bo\u2018luvchi\u00a0gangrena) tushuniladi. Bunday o\u2018zgarishlar ko\u2018pchilik holatlarda oyoq barmoqlaridan, ayniqsa birinchi barmoqdan va jimjiloqdan, tirnoqlar yonidan, oyoqning tovon sohasidan boshlanadi. Bu o\u2018zgarishlar atrofida yallig\u2018lanish belgilarini ya\u2019ni shish, qizarish, og\u2018riq, mahalliy haroratning ko\u2018tarilishini va boshqalarni ko\u2018rish mumkin.<\/p>\n<p>Bu o\u2018zgarishlar asosida uzoq muddat davomida qondagi qand miqdorining me\u2019yoridan baland turishi oqibatida kelib chiqadigan\u00a0diabetik neyropatiya\u00a0(oyoqdagi asab tolalarining zararlanishi),\u00a0mikro- va makroangiopatiya\u00a0(kichik va katta qon tomirlarning zararlanishi) yotadi.<\/p>\n<\/div>\n<\/div>\n<p><img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" src=\"https:\/\/storage.kun.uz\/source\/4\/VCT4QGK0-cqUIZ0rLjPGigbNF0fxEdvr.jpg\" alt=\"\" width=\"800\" height=\"600\" \/><\/p>\n<p>Oyoqlarni saqlab qolish markazi\u00a0(OSQM)\u00a0O\u2018zbekiston poytaxti Toshkent shahrida ochilib, asosan oyog\u2018ida kesilish xavfi bilan kechayotgan yara, nekroz yoki qorason bo\u2018lgan kasallarga maxsus tibbiy yordam ko\u2018rsatishga qaratilgan xususiy jarrohlik markazi hisoblanadi.<\/p>\n<p>Markaz \u00abHAPPY LIFE\u00bb xususiy klinikasi tarkibida tashkil etilgan.<\/p>\n<p>Jamoa sardori Rossiya Federatsiyasi mutaxassisi, tibbiyot fanlari falsafa doktori\u00a0Safarov Xayriddin Chorievich\u00a0shu sohada 20 yildan ortiq tajribaga ega bo\u2018lib, o\u2018z ish faoliyati davomida dunyodagi barcha ilg\u2018or g\u2018oyalardan, oxirgi nusxadagi asbob-uskunalardan, yuqori samarali boylov materiallaridan va O\u2018zbekistonda ilk marotaba yarani zamonaviy boylash usulidan foydalanadi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/storage.kun.uz\/source\/4\/2JgfPS1KAycYXWExPzjsjDQZCUC5OMa6.jpg\" alt=\"\" width=\"800\" height=\"600\" \/><\/p>\n<p>Jamoa o\u2018z ishini 15 yil davomida uch mingdan ortiq oyoq yaralari va qorason tashxisi bilan og\u2018rigan kasallarni davolash natijalariga tayangan holda olib boradi.<\/p>\n<p>Markaz ishi quyidagi \u00abmuvaffaqiyatli davolash negizlari\u00bbga asoslangan:<\/p>\n<p>1.Qandli diabetda oyoqlarda uchraydigan asoratlarni\u00a0davolash taktikasi va algoritmini har bir kasal uchun alohida tuzish (individual yondashish);<\/p>\n<p>2.\u00a0Mul\u044ctidistsiplinar yondashuv\u00a0&#8211;\u00a0muvaffaqiyatli davolash negizlaridan yana biri. Hozirgi davrga kelib tibbiyot rivojlanishi shu darajaga etganki, kasalliklar va ularning asoratlari, ularga tashxis qo\u2018yish va davolash usullari to\u2018g\u2018risidagi ma\u2019lumotlar juda ham kengayib boryapti. Tibbiyot sohasining o\u2018zida dunyoda har 3 daqiqada bitta yangilik yaratiladi. Bunday katta axborot oqimini bir yoki bir necha shifokor o\u2018zlashtirib borishi aqlga sig\u2018maydi. Shuning uchun biz (yiringlar bo\u2018yicha mutaxassis jarroh, tomir jarrohi, interventsion jarroh, endokrinolog, kardiolog, podiatr(podiatrist), nevropatolog va boshqalar) bir jamoa bo\u2018lib ishlaymiz.<\/p>\n<p>3.\u00a0Zamonaviy, o\u2018z isbotini topgan, shifokor va kasallar ishonchini qozongan, yuqori samarali, zararsiz, va nojo\u2018ya ta\u2019sirlari minimal\u00a0bo\u2018lgan dori vositalar yordamida davolash.<\/p>\n<p>4.\u00a0Jarrohlik muolajalari\u00a0miniinvaziv, organ va to\u2018qimalarni maksimal saqlab qoluvchi, zamonaviy, eng so\u2018nggi nusxadagi asbob-uskunalarda ko\u2018p yillik tajribaga ega mutaxasisslar tomonidan bajarilishi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/storage.kun.uz\/source\/4\/jwUckiWUaMHzQFZlpY5NDANML2kl1Zui.jpg\" alt=\"\" width=\"800\" height=\"288\" \/><\/p>\n<p>Markazda oyoqlarni saqlab qolish uchun zarur bo\u2018lgan barcha murakkab operatsiyalar dunyo standartlariga mos ravishda bajariladi. Kerak bo\u2018lgan hollarda operatsiya ikki yoki uch etapda olib boriladi. Operatsiya paytida jarohatni ul\u044ctratovush yordamida kavitatsiyalash, past quvvatli lazer nurlari yordamida nurlash yo\u2018lga qo\u2018yilgan.<\/p>\n<p>Yaralarni vodorod peroksidi bilan yuvish, furatsillin suyuqligi bilan chayish, mazli boylamlar qo\u2018yish(levomekol) kam samarali, ko\u2018p hollarda foydasiz va ayrim holatlarda zararli ekanligi o\u2018z isbotini topgan.<\/p>\n<p>Bizning markazimizda yaralar \u00abgauze suction\u00bb usulida qayta boylanadi. Yaralarni davolashda rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarilgan, yara bitishi uchun maksimal qulay muhit yaratadigan interaktiv poliakrilatli, gidrokolloidli, alginatli maxsus boylamlar, bakterial bioplyonkani erituvchi va keng ko\u2018lamli bakteriya o\u2018ldiruvchi(bakteriotsid) suyuqlik va gellar ishlatiladi.<\/p>\n<p>Yaralarni maxsus vakuum yordamida manfiy bosim bilan davolash samarali ekanligi butun dunyoda o\u2018z isbotini topgan va bizda keng qo\u2018llaniladi.<\/p>\n<p>Kelajakda yiringli yaralarni tirik steril jarrohlik lichinkalari bilan davolash (maggot therapy, larval therapy) rejalashtirilgan. Bu usul Amerika, Evropa, Malayziya, Eron davlatlarida keng tarqalyapti.<\/p>\n<p>Jamoa maqsadi amputatsiyalar sonini pasaytirib, bu ko\u2018rsatkichlarni rivojlangan davlatlar ko\u2018rsatkichlariga olib chiqishdan iborat.<\/p>\n<p><strong>Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 19-kvartal, Dehqonobod ko\u2018chasi, 12a-uy.<\/strong><\/p>\n<p><strong>Telefon:\u00a0+99897 7771208; +99899 4041208; +99871 2079500<\/strong><\/p>\n<p><strong>Sayt:<\/strong>\u00a0<a href=\"http:\/\/www.safarov.uz\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener noreferrer\">www.safarov.uz<\/a><\/p>\n<p><strong>E-mail:<\/strong>\u00a0<a href=\"mailto:docsaf@mail.ru\">docsaf@mail.ru<\/a>;\u00a0<a href=\"mailto:info@safarov.uz\">info@safarov.uz<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Vatanimizda ilk marotaba qandli diabet kasalligida uchraydigan asoratlar (oyoq, barmoq sezuvchanligining buzilishi, yiring, qorason va boshqalar)ni davolashga mo\u2018ljallangan jarrohlik markazi Toshkentda, xususiy klinika tarkibida ochildi.&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_customify_content_layout":"","_customify_sidebar":"","_customify_page_header_display":"default","_customify_disable_header":"","_customify_disable_header_top":"","_customify_disable_header_main":"","_customify_disable_header_bottom":"","_customify_disable_page_title":"","_customify_disable_content_vertical_padding":"","_customify_disable_footer_top":"","_customify_disable_footer_main":"","_customify_disable_footer_bottom":"","_customify_breadcrumb_display":"","_customify_header_transparent_display":"","footnotes":""},"categories":[25],"tags":[30,29,27,28],"class_list":["post-431","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-maqolalar-oz","tag-diabetik-tovon","tag-gangrena","tag-oyoqlarni-saqlash-markazi","tag-qorason"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/www.safarov.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/431","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/www.safarov.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/www.safarov.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/www.safarov.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/www.safarov.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=431"}],"version-history":[{"count":0,"href":"https:\/\/www.safarov.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/431\/revisions"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/www.safarov.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=431"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/www.safarov.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=431"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/www.safarov.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=431"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}