MUVOFFAQIYATLI DAVOLASh NEGIZLARI
Qandli diabetda oyoqlarda uchraydigan asoratlarni davolash taktikasini va algoritmini har bir kasal uchun aloxida tuzish (individual yondashish) – muvaffaqiyatli davolash negizlaridan biridir. Bunda shifokor kasallik va uning asoratlari qay darajada chuqurlashganini, oyoqning qon-tomir sistemasini, mikrotsirkulyatsiyasini, asab tizimi holatini to‘liq baholab chiqishi kerak. Aksariyat holatlarda bemorda uchraydigan, qandli diabet bilan chambarchas bog‘liq bulgan yondosh kasalliklarni topish, baholash va ularga ham qandli diabet bilan muvofiqlashtirgan holda davolash taktikasini tanlash zarur bo‘ladi. Tez-tez uchrab turadigan bu kasalliklarga qon bosimining balandligi(arterial gipertenziya), yurak ishemik kasalliklari, yurak infarkti va insulьtdan keyingi holatlar, buyrak kasalliklari(surunkali buyrak etishmovchiligi), autoimmun kasalliklar misol bo‘la oladi.
Multidistsiplinar yondashuv – muvaffaqiyatli davolash negizlaridan yana biri. Bu nimani anglatadi?
Hozirgi davrga kelib tibbiyot rivojlanishi shu darajaga etganki, kasalliklar va ularning asoratlari, ularga tashhis qo‘yish va davolash usullari to‘g‘risidagi ma’lumotlar juda ham kengayib boryapti. Tibbiyot sohasining uzida dunyoda har 3 daqiqida 1 ta yangilik yaratiladi. Bunday katta informatsion oqimni bir yoki bir necha shifokor o‘zlashtirib borishi aqlga sig‘maydi. Shuning uchun bizlar (yiringlar bo‘yicha mutaxassis jarroh, tomir jarrohi, interventsion jarroh, endokrinolog, kardiolog, podiatrist, nevropatolog va boshqalar) bir jamoa bo‘lib ishlaymiz. Kasallarimiz davolanish davomida doimiy kardiolog, endokrinolog, jarroh va boshqa mutaxassislar nazoratida bo‘lishadi. Kasallarimizga qondagi qand miqdorini me’yorlashtiradigan dorilar buyuriladi va zarurat tug‘ilganida uzgartiriladi (korrektsiya qilinadi), yurak va qon-tomir, oshqozon hazm-qilish, tinchlantiruvchi, og‘riq qoldiruvchi va boshqa dori vositalari konsilium orqali belgilanadi.
Zamonaviy, o‘z isbotini topgan, shifokor va kasallar ishonchini qozongan, yuqori samarali, zararsiz, va nojo‘ya ta’sirlari minimal bo‘lgan dori vositalar yordamida davolash muvaffaqiyatli davolash negizlaridan keyingisidir. Kasallarimiz davolanish jarayonida antibakterial (bir necha guruh), zamburuqqa karshi, qonning qon tomir ichida oqishini yaxshilovchi, qon suyuqliligini oshiruvchi, uning suspenzion stabilligini oshiruvchi, tomir devorini mustaxkamlovchi, antioksidant, antigipoksant, oyoq asab tolalaring butunligini tiklovchi, shish va yallig‘lanishga qarshi, “uyquda” bo‘lgan zahira kapillyarlarni “uyg‘atuvchi” kabi dori vositalarini qabul qilishadi. Bu dori vositalarini bemor tanasiga vena orqali yuborish oyoq uchun kam samarali bo‘lib hisoblanada. Bizning klinikamizda dorilar tug‘ridan-to‘g‘ri son arteriyasi orqali faqat bitta kasal oyoqqa yuboriladi. Bunda oyoqdagi dori kontsentratsiyasi tanadagiga nisbatan ancha baland bo‘ladi. Bu uzoq muddat (3-4 kun)ga son arteriyasiga o‘rnatilgan kateter(ingichka quvur) orqali kecha kunduz tinmasdan, shpritsli dozator apparati yordamida bajariladi (DVAKT). Bu usulda uch mingdan ortiq kasal davolanib, 15 yillik tajribaga ega bo‘lindi.

Jarrohlik muolajalari miniinvaziv, organ va to‘qimalarni maksimal saqlab qoluvchi, zamonaviy, eng so‘nggi nusxadagi asbob-uskunalarda ko‘p yillik tajribaga ega mutaxasisslar tomonidan bajarilishi muvaffaqiyatli davolash negizlaridan yana biridir. Bizning markazimizda oyoqlarni saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan barcha murakkab operatsiyalar dunyo standartlariga mos ravishda bajariladi. Kerak bo‘lgan hollarda operatsiya ikki yoki uch etapda olib boriladi. Operatsiya paytida jarohatni ulьtratovush yordamida kavitatsiyalash, past quvvatli lazer nurlari yordamida nurlash yo‘lga qo‘yilgan.

Yaralarni vodorod peroksidi bilan yuvish, furatsillin suyuqligi bilan chayish, mazli boylamlar qo‘yish (levomekolь) kam samarali, ko‘p hollarda foydasiz va ayrim holatdarda esa zararli ekanligi o‘z isbotini topgan.
Bizning markazimizda yaralar “gauze suction” usulida qayta boylanadi. Yaralarni davolashda rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarilgan, yara bitishi uchun to‘qimalarga maksimal qulay muhit yaratadigan interaktiv poliakrilatli, gidrokolloidli, alginatli maxsus boylamlar, bakterial bioplyonkani erituvchi va keng ko‘lamli bakteriya o‘ldiruvchi (bakteriotsid) suyuqlik va gellar ishlatiladi.
Yaralarni maxsus vakuum yordamida manfiy bosim bilan davolash samarali ekanligi butun dunyoda o‘z isbotini topgan va bizda keng qo‘llaniladi.
Kelajakda yiringli yaralarni tirik steril jarrohlik lichinkalari bilan davolashni (maggot therapy, larval therapy) rejalashtirilgan. Bu usul Amerika, Evropa, Malayziya, Eron davlatlarida keng tarqalyapti.