“Oyoqlarni saqlab qolish markazi” (OSQM) – bu yurtimizning Toshkent shahrida ilk marotaba ochilgan, qandli diabetning oyoqda uchraydigan barcha asoratlarini davolashga mo‘ljallangan xususiy tibbiyot markazi hisoblanadi. Klinika o‘z faoliyatini ikki yo‘nalishda olib boradi:
- Terapevtik yo‘nalish: oyoqlar uvishishi, og‘riqlar, sanchishlar, sezuvchanlikning buzilishi, sovuq qotishlar, jimirlashlar, quvvatsizlik, oyoqning ozib ketishi (angio- va neyropatiya) va shu kabilar.
- Jarrohlik yo‘nalishi: oyoqdagi har xil turdagi yaralar (trofik yaralar ham shular jumlasidan), yiringli yaralar, nekrotik tsellyulit, to‘qima o‘lishi(nekroz), anatomik birlikning nekrozi (qorason, gangrena) va shu kabilar.
Bundan tashqari markazimizda qandli diabeti bo‘lmagan kasallarda yumshoq to‘qima yiringli kasalliklari: follikulit, furunkul, karbunkul, abstsess, flegmona, gidrodenit, adenoflegmona, yiringli artrit kabi kasalliklar ham davolanadi. Yopilgan tomirlar bizning hamkorimiz tomonidan bajariladi.
Bunday markazlar Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg va Grozniy shaharlarida tashkil etilgan. OSQM bu markazlar bilan ham o‘z ishini muvofiqlashtirib turadi.
Markaz «HAPPY LIFE» xususiy klinikasi tarkibida tashkil etilgan bo‘lib, o‘z ichiga jarrorohlik infektsiyasi bo‘yicha jarroh, endokrinolog, tomir jarrohi, kardiolog, interventsion jarroh, anesteziolog, podiatristlarning bir jamoa bo‘lib ishlashiga asoslangan. Klinika eng oxirgi rusumdagi barcha kerakli jihozlar va asbob-uskunalar bilan ta’minlangan.
Jamoa o‘z ishini 15 yil davomida uch mingdan ortiq oyoq yaralari va qorason tashhisi bilan og‘rigan kasallarni davolash natijalariga tayangan holda olib boradi.
Jamoa sardori Rossiya Federatsiyasi mutaxassisi, tibbiyot fanlari falsafa doktori Safarov Xayriddin Chorievich shu sohada 20 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lib, o‘z ish faoliyati davomida ushbu sohada dunyodagi barcha ilg‘or g‘oyalardan, oxirgi nusxadagi asbob-uskunalardan, yuqori samarali boylov materiallaridan va O‘zbekistonda ilk marotaba zamonaviy yarani boylash usulidan foydalanadi.
Jamoa maqsadi amputatsiyalar sonini pasaytirib, bu ko‘rsatkichlarni rivojlangan davlatlar ko‘rsatkichlariga olib chiqishdan iborat.