Menu Close

Safarov Xayriddin Chorievich

1976 yil Buxoro shahrida tug‘ilgan.   1998 yil Altay Davlat Tibbiyot Universitetining “davolash ishi” fakulьtetini a’lo baholarga bitirdi. 2000 yil Buxoro Davlat tibbiyot institutida jarrohlik mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinaturani bitirdi. 2001 yildan 2002 yilgacha Rossiya Federatsiyasi Biysk shahri tibbiyot birlashmasida jarroh bo‘lib ishladi, 2002 yildan 2004 yilgacha Rossiya Federatsiyasi, Yakutiya Respublikasi, Jigansk tibbiyot birlashmasi jarrohlik bo‘limida bo‘lim mudiri lavozimida faoliyat olib borgan. Uzoq shimol kam sonli millatlar sog‘lig‘ini saqlashda qo‘shgan hissasi va xizmatlari tug‘risida gazetalarda bir qator maqolalar chop etildi hamda kamtarona mehnatlari inobatga olinib  kumush medal bilan taqdirlandi.

Xayriddin Chorievich 2005 yildan 2019 yilgacha Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasida joylashgan Respublika yiringli jarrohlik va qandli diabetning jarrohlik asoratlari markazida jarroh va SKAL bo‘lim mudiri lavozimida ishlab keldi. O‘z ish faoliyati davomida TTAning o‘quv, ilmiy, klinik va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib keldi. Shifokor o‘z ustida muntazam ishlab, Moskva shahridagi mashhur akademik va professorlar – akademik Pokrovskiy Anatoliy Vladimirovich hamda professor Shipovskiy Vladimir Nikolaevichlar qo‘l ostida malakasini oshirib kelmoqda.

Safarov Xayriddin Chorievich – tibbiyot fanlari falsafa doktori (PhD), o‘ndan ortiq ilmiy maqolalar muallifi bo‘lib, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.